PSJ yulduzi Joo Nevesh bilan yangi shartnoma tuzadi

«Pari Sen-Jermen» yarim himoyachisi Joo Nevesh klub bilan yangi shartnoma imzolash arafasida. Tomonlar 2030 yilgacha mo'ljallangan kelishuv shartlarini to'liq kelishib oldi, deya xabar beradi «Gazeta.Ru» insayder Fabritsio Romano ma'lumotlariga tayanib. 21 yoshli futbolchining maoshi ham oshiriladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Nevesh PSJ safiga 2024 yil yozida «Benfika»dan ko'chib o'tgandi, transfer qiymati 65 million yevrodan ortiq bo'lgan. Portugaliyalik futbolchining parijliklar bilan amaldagi bitimi 2029 yilgacha kuchda.
Joriy mavsumda Nevesh Luis Enrike jamoasi safida barcha turnirlarda 23 o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing