date

Galatasarayda maoshlar kechikmoqda, klubda ichki muammo bor

Galatasarayda maoshlar kechikmoqda, klubda ichki muammo bor

Kon'yasporaga kutilmagan mag'lubiyatdan so'ng, Galatasaray ichida jiddiy muammolar yuzaga kelgani haqida xabarlar tarqaldi. TR24 portaliga ko'ra, jamoa futbolchilari maoshlarini ololmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manba ma'lumotiga ko'ra, bu holat uch oydan beri davom etmoqda. Klubning rasmiy vakillari esa vaziyat bo'yicha izoh bermayotgani OAV va muxlislar qiziqishini yanada oshirmoqda.

Mahalliy jurnalist Halik Yurekli so'nggi voqealar fonida Galatasarayning chempionlik imkoniyatlari juda shubhali ko'rinish olganini ta'kidladi.

Shunga qaramay, jamoa chempionatda 55 ochko bilan peshqadam bo'lib turibdi. Biroq 52 ochkosi va zaxirada bitta o'yini bor Fenerbahche raqibiga yetib olish imkoniga ega.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Galatasarayda maoshlar kechikmoqda, klubda ichki muammo bor