date

Aspas zaxiradan tushib La Ligada dubld etib tarix yozdi

Aspas zaxiradan tushib La Ligada dubld etib tarix yozdi

Joriy mavsumda juda ishonchli o‘yin ko‘rsatayotgan «Selta» Ispaniya chempionatining navbatdagi turida Balear orollaridan tashrif buyurgan «Mallorka»ni qabul qildi. Vigo klubi ikkinchi bo‘limda raqib darvozasiga javobsiz ikki gol urib, o‘zining hozirgi yuqori formasini yana bir bor tasdiqladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvning eng yorqin qahramoni zaxiradan maydonga tushgan klub faxriysi Yago Aspas bo‘ldi. Tajribali hujumchi ikkala golni ham o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi va e’tiborlisi, u La Ligadagi 409 o‘yinlik faoliyatida ilk bor almashtirishdan keyin maydonga kirib, bir o‘yinda ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Ushbu g‘alaba «Selta»ga turnir jadvalida 6-o‘ringa ko‘tarilish imkonini berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Aspas zaxiradan tushib La Ligada dubld etib tarix yozdi