date

Slutskij boshqaruvidagi Shanxay Shenshua Buriramga yutqazdi

Slutskij boshqaruvidagi Shanxay Shenshua Buriramga yutqazdi

Osiyo Chempionlar ligasida “Shanxay Shenshua” yetti turdan keyin pley-offga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘lgandi. Sakkizinchi turda Leonid Slutskij jamoasi “Buriram Yunayted”ga qarshi hech bo‘lmasa musobaqa bilan chiroyli xayrlashishga urinib ko‘rdi, biroq bunga erisha olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tailand klubi uchrashuvni 2:0 hisobida o‘z foydasiga hal qildi. Birinchi bo‘limning avvalidayoq ikki bor gol urildi: 11-daqiqada Gud Kertis hisobni ochdi, 22-daqiqada esa Suphanat Mueanta ikkinchi golni kiritdi. Ko‘p o‘tmay “Shanxay Shenshua” maydonda bir o‘yinchiga kamayib qolgani intriga so‘nishiga olib keldi.

Ma’lumot uchun, Leonid Slutskij “Shanxay Shenshua” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskij boshqaruvidagi Shanxay Shenshua Buriramga yutqazdi