Nepomnyashchiy Rossiya uchun har qanday raqib qulayligini aytdi

Rossiyalik murabbiy Valeriy Nepomnyashchiy Rossiya va Mali o‘rtasidagi BetBoom o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan fikr bildirdi. O‘yin 27 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Nepomnyashchiyning ta’kidlashicha, jamoa hozir ma’lum darajada yakkalanib qolgan sharoitda har qanday raqib Rossiya uchun mos keladi. U maliliklarni mutlaq favorit deb hisoblamasa-da, bellashuv oson kechmasligini qayd etdi. Murabbiy Afrika jamoalarini uslubiga ko‘ra ajratib, Senegal va Kamerunni texnik, Gana hamda Malini esa inglizcha tipdagi jamoalar sifatida tilga oldi.
Hozirda Mali FIFA reytingida 54-o‘rinda bormoqda, Valeriy Karpin boshqaruvidagi Rossiya esa 36-pog‘onada. Bu terma jamoalar avval hech qachon o‘zaro uchrashmagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing