date

Al-Nasr Jesush bilan shartnomani uzaytirishga yaqin

Al-Nasr Jesush bilan shartnomani uzaytirishga yaqin

Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubi bosh murabbiy Jorje Jesush bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida. Manbalarga ko'ra, klub rahbariyati portugaliyalik mutaxassisga 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan yangi kelishuv taklif qilishga tayyor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jamoa ichida murabbiy ishidan mamnunlik yuqori ekani aytilmoqda va «Al-Nasr» kelasi mavsumda ham Jesush bilan birga ishlashni xohlamoqda.

Avvalroq, agar Krishtianu Ronaldu yozda klubni tark etsa, Jesush ham ketishi mumkinligi haqida gaplar chiqqandi. Biroq yulduz hujumchi yaqinda «Al-Nasr»da qolish istagini bildirgan.

Jesush o‘tgan yil iyulida jamoani qabul qilib olgandi. Hozirda «Al-Nasr» chempionat turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Nasr Jesush bilan shartnomani uzaytirishga yaqin