Galatasarayda maoshlar bo'yicha jiddiy muammolar yuzaga chiqdi

«Kon'yaspor»dan kutilmagan mag'lubiyatdan so'ng «Galatasaray» ichida muammolar borligi haqida xabarlar tarqaldi. TR24 ma'lumotiga ko'ra, jamoa futbolchilari maoshlarini ololmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ishonilsa, bu holat ketma-ket uch oy davom etmoqda. Klub rahbariyati esa vaziyat bo'yicha rasmiy izoh bermayotgani OAV va muxlislar qiziqishini yanada kuchaytirdi.
Mahalliy jurnalist Xalik Yurekli so'nggi voqealarni inobatga olib, «Galatasaray»ning chempionlik imkoniyatlari endi ancha savol ostida qolayotganini ta'kidladi.
Shunga qaramay, jamoa chempionatda 55 ochko bilan peshqadamlikni saqlab turibdi. Biroq 52 ochkoga ega va bitta o'yin zaxirada qolgan «Fenerbahche» qisqa fursatda yetib olishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing