Galatasarayda maoshlar kechikmoqda, klub ichida taranglik kuchaydi

Kon'yaspor'ga kutilmagan mag'lubiyatdan so'ng Galatasaray atrofida yoqimsiz xabarlar tarqaldi. TR24 portali ma'lumotiga ko'ra, jamoa futbolchilari maoshlarini ololmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ishonilsa, bu muammo ketma-ket uchinchi oy davom etmoqda. Klubning rasmiy vakillari vaziyat bo'yicha izoh bermayotgani esa OAV va muxlislar orasidagi qiziqishni yanada oshirmoqda.
Mahalliy jurnalist Xalik Yurekli so'nggi voqealar fonida Galatasarayning chempionlik imkoniyatlari jiddiy savol ostida qolayotganini ta'kidladi.
Hozirda jamoa 55 ochko bilan chempionatda peshqadamlikni saqlab turibdi, biroq 52 ochkoga ega va zaxirada bir o'yini bor Fenerbahche uni quvib yetishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing