Galatasarayda maoshlar bo'yicha jiddiy muammolar yuzaga keldi

Konyasporga kutilmagan mag'lubiyatdan so'ng Galatasaray ichida muammolar borligi haqida xabarlar tarqaldi. TR24 portali ma'lumotiga ko'ra, jamoa futbolchilari maoshlarini ololmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manba ta'kidlashicha, bu holat uch oy davomida saqlanib kelmoqda. Klub rahbariyati esa vaziyat bo'yicha rasmiy izoh bermayapti, bu esa OAV va muxlislar orasidagi qiziqishni yanada kuchaytirmoqda.
Mahalliy jurnalist Halik Yurekli so'nggi voqealar fonida Galatasarayning chempionlik imkoniyatlari katta savol ostida qolayotganini aytdi.
Hozirda jamoa chempionatda 55 ochko bilan peshqadam, biroq 52 ochkosi va zaxirada bitta o'yini bor Fenerbahche yaqin orada ularga yetib olishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing