Adebayor Angliya chempionligini Man Siti oladi deb hisoblaydi

“Arsenal” va “Manchester Siti”ning sobiq hujumchisi Emmanuel Adebayor Angliya Premyer-ligasidagi chempionlik poygasi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
U “kanonirlar” hamda “shaharliklar”ning qolgan uchrashuv taqvimini ko‘zdan kechirganini aytib, yakunda sovrin Xosep Gvardiola jamoasiga nasib etishini ta’kidladi. Adebayorning so‘zlarini ijtimoiy tarmoqlardagi The Touchline sahifasi keltirdi.
23 fevral holatiga ko‘ra, “Arsenal” 61 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam. “Manchester Siti” ikkinchi o‘rinda bormoqda va yetakchidan 5 ochko ortda, biroq Gvardiola shogirdlarining bitta o‘yini zaxirada.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing