PSJ Senni Meyulu bilan uzoq muddatli bitim tuzmoqchi

Parij Sen-Jermen rahbariyati yarim himoyachi Senni Meyulu bilan shartnomani uzaytirish masalasini jiddiy ko'rib chiqmoqda. Insayder Fabris Hokins hisobotiga tayangan holda, klub 19 yoshli futbolchiga 2030 yilgacha mo'ljallangan yangi uzoq muddatli kelishuv taklif qilish niyatida. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Iqtidorli fransuz futbolchisiga Yevropaning bir qator klublari qiziqish bildirayotgan bo'lsa-da, Meyulu hozircha Parij jamoasini tark etishni rejalashtirmayapti.
Avvalroq PSJ yarim himoyachi Joau Nevesh, hujumchi Usman Dembele va qanot futbolchisi Bredli Barkola bilan ham shartnomalarni uzaytirish ustida ishlayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Joriy mavsumda Luis Enrike qo'l ostida Meyulu 28 uchrashuvda maydonga tushib, 4 gol va 5 assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!