Eldor Shomurodov Turkiya chempionatida eng sermahsul bo'ldi

O'zbekiston terma jamoasi hamda "Istanbul Basakshehir" hujumchisi Eldor Shomurodov Turkiya chempionatining eng sermahsul futbolchisi sifatida e'tirof etildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
21-fevral holatiga ko'ra, Shomurodov "gol+pas" tizimida 20 ochko jamg'ardi: 16 ta gol va 4 ta golli uzatma. U musobaqa to'purarlari ro'yxatida ham peshqadamlik qilmoqda.
"Galatasaray" yulduzlari Mauro Ikardi va Viktor Osimhen ko'rsatkichlari bilan solishtirilganda, Shomurodov ancha oldinda. Ikardining barcha uchrashuvlarda 13 ta goli bor, Osimhen esa milliy chempionatda 9 marta raqib darvozasini ishg'ol qilgan.
Eslatib o'tamiz, Shomurodov to'p surayotgan O'zbekiston terma jamoasi 2026 yil Shimoliy Amerikada o'tadigan jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!