date

Galatasarayda maoshlar kechikishi jamoa ichida taranglik keltirdi

Galatasarayda maoshlar kechikishi jamoa ichida taranglik keltirdi

“Galatasaray”ning “Konyaspor”dan kutilmagan mag‘lubiyatidan so‘ng klub ichidagi muammolar haqida xabarlar tarqaldi. TR24 ma’lumotiga ko‘ra, futbolchilarga maoshlar o‘z vaqtida berilmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manba yozishicha, bu holat ketma-ket uch oydan beri davom etmoqda. Klubning rasmiy vakillari esa vaziyat bo‘yicha izoh bermayotgani OAV va muxlislar e’tiborini yanada kuchaytirdi.

Mahalliy jurnalist Halik Yurekli so‘nggi voqealar fonida “Galatasaray”ning chempionlik imkoniyatlari jiddiy savol ostida qolayotganini ta’kidladi.

Shunga qaramay, jamoa chempionatda 55 ochko bilan peshqadamlikni saqlab turibdi. Biroq 52 ochkoga ega va bitta o‘yini zaxirada bo‘lgan “Fenerbahche” yaqin orada ularga yetib olishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Galatasarayda maoshlar kechikishi jamoa ichida taranglik keltirdi