Al-Nasr Jorje Jezush bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Saudiya Arabistoni manbalariga ko'ra, «Al-Nasr» rahbariyati bosh murabbiy Jorje Jezush bilan yangi kelishuv bo'yicha qaror qabul qildi. Klub portugaliyalik mutaxassisga 2027 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan shartnoma taklif qilishga tayyor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jamoa rahbariyati Jezushning ishidan mamnun va kelasi mavsumda ham u bilan hamkorlikni davom ettirishni xohlamoqda.
Avvalroq Jezushning kelajagi Krishtianu Ronaldu bilan bog'lanayotgani, portugaliyalik hujumchi yozda klubni tark etsa, murabbiy ham ketishi mumkinligi aytilgandi. Biroq Ronaldu yaqinda «Al-Nasr»da qolish niyatini bildirgan.
Jezush «Al-Nasr»ni o'tgan yil iyul oyida qabul qilib olgan. Hozirda jamoa chempionat turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing