Noyer Borussiya bilan o'yinda maydonga qaytishi mumkin

Fevral o'rtalarida Manuel Noyer jarohat olib, “Bavariya” safidan bir necha haftaga chiqib qolgani aytilgandi. Dastlab tajribali darvozabon taxminan uch hafta safdan tashqarida bo'lishi kutilgan, biroq uning tiklanishi rejalashtirilganidan tezroq kechayotganga o'xshaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bild xabariga ko'ra, dushanba kuni Noyer maydonda darvozabonlar murabbiyi va reabilitatsiya bo'yicha mutaxassis bilan birga mashg'ulot o'tkazdi. U hozircha murakkab yuklamalarni bajarmayapti, ammo to'p bilan ishlagani tiklanish jarayoni ijobiy tomonga ketayotganini ko'rsatadi.
Germaniyada Noyer kutilmaganda Dortmundning “Borussiya”siga qarshi uchrashuvda ham maydonga tushishi mumkinligi muhokama qilinmoqda. Jamoalar shanba kuni, 28-fevralda to'qnash keladi.
Hozir “Bavariya” Bundesligada peshqadam, ikkinchi o'rindagi “Borussiya” esa undan sakkiz ochko ortda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!