date

Al-Nasr Jezush bilan shartnomani uzaytirishga yaqin

Al-Nasr Jezush bilan shartnomani uzaytirishga yaqin

Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubi bosh murabbiy Jorje Jezush bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida. Mahalliy manbalarga ko'ra, klub rahbariyati portugaliyalik mutaxassisga 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan yangi shartnoma taklif qilishga tayyor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klubda murabbiyning ishidan mamnun va kelasi mavsumda ham aynan Jezush bilan ishlashni xohlamoqda. Avvalroq, agar Krishtianu Ronaldu yozda jamoani tark etsa, Jezush ham ketishi mumkinligi haqida gaplar chiqqandi. Biroq yulduz hujumchi yaqinda «Al-Nasr»da qolish niyatini bildirgan.

Jezush «Al-Nasr»ni o'tgan yil iyul oyidan beri boshqarib kelmoqda. Hozirda jamoa mamlakat chempionati turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Nasr Jezush bilan shartnomani uzaytirishga yaqin