Brentuayt Evertonga gol urishdagi aniqlik yetishmadi dedi

Everton o‘z maydonida navbatdagi omadsizlikka uchrab, Manchester Yunaytedga minimal hisobda imkoniyatni boy berdi. Devid Moyes jamoasi uchrashuvning katta qismida tashabbusni qo‘lida ushlagan bo‘lsa-da, ustunlikni gollarga aylantira olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Himoyachi Jerred Brentuayt mag‘lubiyatning bosh sababini aynan yakunlovchi zarbalardagi sustlikda ko‘rmoqda. «Menimcha, ikkinchi bo‘limda biz ustun bo‘ldik. Yondashuvlar ham, imkoniyatlar ham ko‘p edi, ammo realizatsiya bo‘lmadi. Jamoa bo‘lib aynan shu ustida ishlashimiz kerak», — deya uning so‘zlarini BBC Sport keltiradi.
Keyingi turda Everton Nyukaslga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing