Nogiron bolalar parvarishi uchun tadbirkorlarga soliq imtiyozlari berildi

1 daqiqa o'qish275
Nogiron bolalar parvarishi uchun tadbirkorlarga soliq imtiyozlari berildi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • O'zbekistonda nogiron bolalarga kunduzgi parvarish xizmati ko'rsatuvchi tadbirkorlar uchun muhim soliq imtiyozlari joriy etildi.
  • Yangi qonunga muvofiq, 3 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan nogiron bolalar bilan ishlovchi tadbirkorlar 2030 yil 1 yanvargacha aksariyat soliqlaridan ozod qilinadi.
  • Bundan tashqari, bunday xizmatlardan foydalanuvchi ota-onalarning har bir bola uchun oylik 3 million so'mgacha bo'lgan to'lovlari jismoniy shaxslar daromad solig'idan olinmaydi.
  • Ushbu chora-tadbirlar oilalarning moliyaviy yukini yengillashtirish hamda bolalarga sifatli parvarish va ta'lim imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

O‘zbekistonda ijtimoiy himoyani kuchaytirishga qaratilgan yana bir muhim qadam tashlandi. Yangi qabul qilingan qonunga muvofiq, nogironligi bo‘lgan bolalarga kunduzgi parvarish xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlar uchun keng ko‘lamli soliq imtiyozlari joriy etildi.

Qonun (O‘RQ–1129-son, 2026 yil 17 aprel) bilan qator meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, ayniqsa aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratildi.

Soliq kodeksiga kiritilgan yangi normalarga ko‘ra, 3 yoshdan 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmatidan foydalanuvchi ota-onalarga ham yengilliklar berilmoqda. Xususan, agar farzand xususiy maktab yoki bog‘chaga qatnasa, har bir bola uchun oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlar jismoniy shaxslar daromad solig‘idan ozod etiladi.

Bu o‘zgarishlar ota-onalar uchun moliyaviy yukni yengillashtirish, shu bilan birga bolalarga sifatli parvarish xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritib, 3 yoshdan 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalarga kunduzgi parvarish xizmatini ko‘rsatayotgan tadbirkorlar uchun ham jiddiy imtiyozlar belgilandi. Ular barcha turdagi soliqlarni to‘lashdan (ijtimoiy soliq bundan mustasno) 2030 yil 1 yanvarga qadar ozod qilinadi.

Bu qaror sohada xususiy sektor faolligini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va xizmatlar sifatini yaxshilashga turtki berishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, «Aholi bandligi to‘g‘risida»gi qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, “Inson” markazlari tavsiyasi asosida mahalliy mehnat organlariga taqdim etilgan ro‘yxatlar orqali tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan, maʼlum bilim va ko‘nikmalarga ega xotin-qizlar ish qidirayotgan shaxs sifatida rasman ro‘yxatga olinishi mumkin.

Mazkur yangiliklar nafaqat ijtimoiy adolatni taʼminlash, balki aholining zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ularni jamiyat hayotiga faol jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Qonun rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kirdi va amaliyotga joriy etilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?