date

Garri Keyn Gerd Myuller natijasini takrorladi

Garri Keyn Gerd Myuller natijasini takrorladi

Bundesliganing so'nggi turida «Bavariya» Frankfurtning «Ayntraxt» jamoasini 3:2 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuvda ingliz hujumchisi Garri Keyn ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Keyn avvalgi ikki o'yinda ham dubl qayd etgandi: u «Hoffenhaym»ga ham, «Verder»ga ham ikki tadan gol urgan.

2023 yildan beri Bundesligada to'p surayotgan hujumchi faoliyatida uchinchi marta ketma-ket o'yinlarda dubl seriyasini takrorladi. Shu tariqa u «Bavariya»ning 60–70-yillardagi afsonaviy to'purari Gerd Myuller bilan tenglashdi.

«Bavariya» tarixida bunday seriyani faoliyati davomida to'rt marta amalga oshirgan yagona futbolchi esa Robert Levandovski bo'lib qolmoqda. Hozir u Kataloniyaning «Barselona» klubi safida o'ynaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Garri Keyn Gerd Myuller natijasini takrorladi