Galatasarayda maoshlar bo‘yicha jiddiy muammolar yuzaga chiqdi

Kon'yasporga kutilmagan mag‘lubiyatdan so‘ng Galatasaray ichida muammolar borligi haqida xabarlar tarqaldi. TR24 portali ma'lumotiga ko‘ra, jamoa futbolchilari maoshlarini ololmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ishonilsa, bu holat ketma-ket uch oydan beri davom etmoqda. Klubning rasmiy vakillari esa vaziyat bo‘yicha izoh bermayotgani OAV va muxlislar qiziqishini yanada kuchaytirdi.
Mahalliy jurnalist Halik Yurakli so‘nggi voqealarni inobatga olib, Galatasarayning chempionlik imkoniyatlari endi juda shubhali ko‘rinayotganini ta'kidladi.
Shunga qaramay, jamoa turnir jadvalida 55 ochko bilan yetakchilikni saqlab turibdi. Biroq 52 ochkoga ega va bir o‘yini zaxirada bo‘lgan Fenerbahche raqibini quvib yetishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing