date

Galatasarayda futbolchilarga maosh to'lanishi bo'yicha muammo bor

Galatasarayda futbolchilarga maosh to'lanishi bo'yicha muammo bor

Konyaspor bilan o'yindagi kutilmagan mag'lubiyatdan so'ng Galatasaray ichidagi vaziyat haqida xavotirli xabarlar tarqaldi. TR24 portali ma'lumotiga ko'ra, jamoa futbolchilari maoshlarini ololmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbada aytilishicha, bu holat ketma-ket uch oy davom etmoqda. Klub rahbariyati esa mavzu yuzasidan izoh bermayapti, bu esa OAV va muxlislar orasidagi qiziqishni yanada kuchaytirdi.

Mahalliy jurnalist Halik Yurekli so'nggi voqealar fonida Galatasarayning chempionlik imkoniyatlari jiddiy savol ostida qolayotganini ta'kidladi.

Hozircha klub chempionatda 55 ochko bilan peshqadamlikni saqlab turibdi, biroq 52 ochkoga ega va zaxirada bir uchrashuvi bor Fenerbahche yaqin ta'qibchi bo'lib turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Galatasarayda futbolchilarga maosh to'lanishi bo'yicha muammo bor