date

Marselo Galyardo River Pleyt bosh murabbiyligidan ketadi

Marselo Galyardo River Pleyt bosh murabbiyligidan ketadi

Argentina klubi «River Pleyt» bosh murabbiyi Marselo Galyardo jamoani tark etish qarorini qabul qildi. Klub rasmiy sayti ushbu xabarni bayonot orqali tasdiqladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassis mamlakat chempionatida «Banfild»ga qarshi o'yindan keyin lavozimini topshiradi. Uchrashuv 26 fevral kuni bo'lib o'tishi belgilangan. Galyardoning ixtiyoriy iste'fosi jamoaning kutilgan darajadagi natija ko'rsata olmayotgani bilan izohlanmoqda: «River Pleyt» hozircha turnir jadvalida 10-o'rinda.

Galyardo faoliyati davomida «River Pleyt»ni ikki bor boshqargan. Uning eng yorqin davri 2014–2022 yillarga to'g'ri kelib, bu oraliqda klub 14 ta sovrinni qo'lga kiritgan — jumladan, Argentina chempionligi hamda Libertadores kubogida ikki marta g'alaba.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Marselo Galyardo River Pleyt bosh murabbiyligidan ketadi