Marselo Galyardo River Pleyt bosh murabbiyligidan ketadi

Argentinaning “River Pleyt” klubi bosh murabbiyi Marselo Galyardo jamoani tark etish qarorini qabul qildi. Klub rasmiy sayti bu boradagi bayonotni e’lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassis 26-fevral kuni “Banfild”ga qarshi o‘tkaziladigan chempionat uchrashuvidan so‘ng lavozimini topshiradi. Galyardoning ixtiyoriy iste’fosi jamoaning so‘nggi natijalari qoniqarsiz ekani bilan izohlanmoqda: hozir “River Pleyt” turnir jadvalida 10-o‘rinda bormoqda.
Galyardo murabbiylik faoliyati davomida “River Pleyt”ni ikki bor boshqargan. U 2014–2022 yillar oralig‘ida klub bilan 14 ta sovrinni qo‘lga kiritgan, jumladan mamlakat chempionligi va Libertadores kubogida ikki marta g‘alaba qozongan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing