Bavariya Flikni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi

Hans-Diter Flik «Barselona»ni Ispaniya La Ligasi doirasida «Vilyarreal»ga qarshi uy uchrashuviga tayyorlamoqda. Seshanba kuni nemis mutaxassisi 61 yoshni qarshilaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu munosabat bilan «Bavariya» ijtimoiy tarmoqlarda Flikka murojaat qilib, uni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi: «Tug'ilgan kuning bilan, Xansi», — deyiladi klub xabarida.
Eslatib o'tamiz, Flik 2019–2021 yillarda «Bavariya» bosh murabbiyi bo'lgan. Uning qo'l ostida myunxenliklar Bundesligada ikki bor chempionlikni qo'lga kiritdi, shuningdek, Chempionlar ligasi, Germaniya kubogi, Germaniya superkubogi, UEFA superkubogi va Klublar o'rtasidagi jahon chempionati trofeylarini yutdi.
«Barselona» — «Vilyarreal» uchrashuvi fevral oyining so'nggi kunida bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!