Marselo Galyardo River Pleytni tark etish qarorini qabul qildi

Argentina klubi «River Pleyt» bosh murabbiyi Marselo Galyardo jamoani tark etishga qaror qildi. Bu haqdagi bayonot klubning rasmiy saytida e’lon qilindi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassis mamlakat chempionati doirasida «Banfild»ga qarshi uchrashuvdan so‘ng lavozimini topshiradi. O‘yin 26 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Uning ixtiyoriy iste’fosi jamoaning so‘nggi natijalari qoniqarsiz bo‘layotgani bilan izohlanmoqda: hozir «River Pleyt» turnir jadvalida 10-o‘rinda bormoqda.
Galyardo murabbiylik faoliyati davomida «River Pleyt» bilan ikki bor ishlagan. U 2014–2022 yillar oralig‘ida klub bilan 14 ta sovrinni qo‘lga kiritdi, jumladan mamlakat chempionligi hamda Libertadores kubogida ikki marta g‘alaba qozondi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing