date

Keyn Gerd Myuller natijasini takrorlab, rekordlar qatoriga qo‘shildi

Keyn Gerd Myuller natijasini takrorlab, rekordlar qatoriga qo‘shildi

Bundesliganing so‘nggi turida «Bavariya» Frankfurtning «Ayntraxt» jamoasini 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv qahramonlaridan biri Garri Keyn bo‘lib, ingliz hujumchisi ikki gol urdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Keyn buning bilan ketma-ket uchinchi o‘yinda dubl qayd etdi: avval «Xoffenxaym»ga, undan keyin «Verder»ga ham ikki martadan gol kiritgandi. 2023 yildan beri Bundesligada to‘p surayotgan futbolchi faoliyatida bunday seriyani uchinchi bor takrorladi.

Natijada Keyn «Bavariya»ning 60–70-yillardagi afsonaviy forvardi Gerd Myuller erishgan ko‘rsatkichga yetib oldi. Klub tarixida esa bunday seriyani faoliyati davomida to‘rt marta qayd etgan yagona futbolchi — hozir «Barselona» safida o‘ynayotgan Robert Levandovski hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Keyn Gerd Myuller natijasini takrorlab, rekordlar qatoriga qo‘shildi