date

Galatasarayda maoshlar bo'yicha jiddiy muammolar yuzaga keldi

Galatasarayda maoshlar bo'yicha jiddiy muammolar yuzaga keldi

Kon'yaspor'ga kutilmagan mag'lubiyatdan so'ng «Galatasaray» ichida muammolar borligi haqida gaplar kuchaydi. TR24 xabariga ko'ra, jamoa futbolchilari maoshini ololmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ishonilsa, bu holat ketma-ket uch oydan beri davom etmoqda. Klub rahbariyati esa vaziyat yuzasidan rasmiy izoh bermayotgani matbuot va muxlislar orasidagi qiziqishni yanada oshirmoqda.

Mahalliy jurnalist Xalik Yurekli so'nggi voqealar fonida «Galatasaray»ning chempionlik imkoniyatlari jiddiy shubha ostida qolayotganini ta'kidladi.

Hozircha jamoa chempionatda 55 ochko bilan peshqadam, biroq 52 ochkoga ega va zaxirada bitta o'yini bor «Fenerbahche» yaqin orada unga yetib olishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Galatasarayda maoshlar bo'yicha jiddiy muammolar yuzaga keldi