date

Bavariya Flikni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi

Bavariya Flikni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi

Xans-Diter Flik ayni paytda “Barselona”ni Ispaniya La Ligasi doirasida uyda “Vilyarreal”ga qarshi o‘yiniga tayyorlamoqda. Seshanba kuni nemis mutaxassisi 61 yoshni qarshi oladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu munosabat bilan “Bavariya” ijtimoiy tarmoqlarda Flikka murojaat qildi. Myunxen klubi “Tug‘ilgan kuning bilan, Hansi” deya tabrik yo‘lladi.

Eslatib o‘tamiz, Flik 2019–2021 yillarda “Bavariya” bosh murabbiyi bo‘lgan. Uning davrida jamoa ikki bor Bundesliga chempionligini qo‘lga kiritib, shuningdek, Chempionlar ligasi, Germaniya kubogi, Germaniya Superkubogi, UYEFA Superkubogi va Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati sovrinlarini ham yutgan.

“Barselona” — “Vilyarreal” uchrashuvi fevral oyining so‘nggi kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bavariya Flikni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi