Strasbur ultraslari bannerlar mojarosi sabab mushtlashib ketdi

Fransiya chempionatining 23-turida «Strasbur» o‘z maydonida «Lion»ni 3:1 hisobida yenggan bahsda «Stad de la Meno» stadionida tartibsizliklar yuz berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
L’Equipe xabariga ko‘ra, mojaroga o‘ng radikal shiorlar yozilgan bannerlarning tribunada yoyilishi sabab bo‘lgan. Buni o‘zini «mustaqil» deb atagan bir guruh shaxslar, jumladan sentyabr oyida Fransiya hukumati tarqatib yuborgan Offenders guruhining sobiq a’zolari ham amalga oshirgani aytilmoqda.
Styuardlar bannerlarni tezda olib tashlaganiga qaramay, vaziyat baribir keskinlashgan. UB90 vakillari bunday mazmundagi bannerlarning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikka urinib, tartibni buzganlar bilan to‘qnashgan.
Kuzatuv kameralaridagi yozuvlar allaqachon huquq-tartibot idoralariga topshirilgan, holat yuzasidan tergov ketmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!