Bavariya Flikni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi

Xans-Diter Flik hozirda “Barselona”ni Ispaniya La Ligasi doirasida “Vilyarreal”ga qarshi uy uchrashuviga tayyorlamoqda. Seshanba kuni germaniyalik mutaxassis 61 yoshni qarshi oladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu munosabat bilan “Bavariya” ijtimoiy tarmoqlarda Flikka tabrik yo'lladi. Myunxen klubi xabarida “Tug'ilgan kuning bilan, Xansi”, deyiladi.
Flik 2019–2021 yillarda “Bavariya” bosh murabbiyi bo'lib ishlagan. Uning davrida jamoa ikki marta Bundesligada g'olib chiqqan, shuningdek Chempionlar ligasi, Germaniya kubogi, Germaniya superkubogi, UYeFA superkubogi va Klublar o'rtasidagi jahon chempionati sovrinlarini qo'lga kiritgan.
Ma'lumot uchun, “Barselona” “Vilyarreal”ni fevral oyining so'nggi kunida qabul qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing