date

Marselo G'alyardo River Pleyt bosh murabbiyligidan ketadi

Marselo G'alyardo River Pleyt bosh murabbiyligidan ketadi

Argentina grandi «River Pleyt» bosh murabbiyi Marselo G'alyardo jamoani tark etish qarorini qabul qildi. Klub bu haqda rasmiy bayonot bilan ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

G'alyardo 26 fevral kuni «Banfild»ga qarshi mamlakat chempionati uchrashuvidan keyin lavozimini topshiradi. Manbaga ko'ra, murabbiyning ixtiyoriy ketishiga jamoaning so'nggi natijalari sabab bo'lgan: «River Pleyt» hozirda turnir jadvalida 10-o'rinda bormoqda.

G'alyardo «River Pleyt»ni faoliyati davomida ikki bor boshqargan. U 2014–2022 yillardagi davrda klub bilan 14 ta sovrinni qo'lga kiritib, jumladan, mamlakat chempionligi hamda Libertadores kubogida ikki marta g'olib chiqqan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Marselo G'alyardo River Pleyt bosh murabbiyligidan ketadi