date

Bavariya Flikni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi

Bavariya Flikni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi

Hans-Diter Flik “Barselona”ni Ispaniya La Ligasi doirasida “Vilyarreal”ga qarshi uy uchrashuviga tayyorlamoqda. Seshanba kuni nemis mutaxassisi 61 yoshni qarshi oladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu munosabat bilan “Bavariya” ijtimoiy tarmoqlarda Flikka alohida murojaat yo‘lladi. Myunxen klubi “Tug‘ilgan kuning bilan, Xansi” deya tabrik qoldirdi.

Eslatib o‘tamiz, Flik 2019–2021 yillarda “Bavariya” bosh murabbiyi bo‘lgan. O‘sha davrda jamoa ikki marta Bundesliga chempionligini, Chempionlar ligasi, Germaniya kubogi, Germaniya superkubogi, UYeFA superkubogi va Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati trofeylarini qo‘lga kiritgan.

“Barselona” — “Vilyarreal” uchrashuvi fevralning so‘nggi kunida bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bavariya Flikni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi