date

Simeone Lukmanning o‘ziga xos jihatlarini alohida ta’kidladi

Simeone Lukmanning o‘ziga xos jihatlarini alohida ta’kidladi

Nigeriyalik hujumchi Ademola Lukman Madridning «Atletiko» klubida ilk uchrashuvlaridanoq yorqin o‘yin ko‘rsatib, jamoa muxlislari e’tiborini tortdi. Uning startdagi ishonchli chiqishlari bosh murabbiy Diego Simeoneni ham to‘liq qoniqtirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Argentinalik mutaxassis Lukmanni jamoa tarkibidagi ko‘pchilik futbolchilardan farq qiladigan, individual harakatlarga moyil ijrochi sifatida baholadi. Simeone fikricha, aynan shu jihat raqiblarga «Atletiko» o‘yinini oldindan taxmin qilishni qiyinlashtiradi va hujumga kutilmagan yechimlar qo‘shadi.

«Uning xarakteristikalari boshqa o‘yinchilarimiznikidan ajralib turadi: u ko‘proq yakka harakat qiladigan futbolchi, bizda esa asosan jamoaviy uslubdagi ijrochilar bor. Lekin shu orqali raqib uchun kutilmagan bo‘lishimiz mumkin. Lukman allaqachon jamoa salohiyatiga kuchli turtki berdi», — deya Simeone so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.

Eslatib o‘tamiz, Lukman bundan avval bir necha yil davomida Italiyaning «Atalanta» klubi safida to‘p surgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Simeone Lukmanning o‘ziga xos jihatlarini alohida ta’kidladi