AQSh dengiz floti Eron portlaridan chiqayotgan 23 ta savdo kemasini nazoratga oldi

AQSh dengiz floti Eron portlaridan chiqayotgan 23 ta savdo kemasini nazoratga oldi
Qisqacha

AQSh dengiz floti Hormuz bo'g'ozida Eron portlaridan chiqayotgan 23 ta savdo kemasini nazoratga oldi. Kema'lar AQSh kuchlarining ogohlantirishlaridan so'ng yo'nalishini o'zgartirib, ortga qaytishga majbur bo'lgan. Hozircha AQSh harbiy'lari kemalarga to'g'ridan-to'g'ri chiqmagan. Biroq, ba'zi OAVlar AQShning Eron bilan bog'liq neft tankerlariga chiqish va ularni musodara qilishga tayyorlanayotgani haqida xabar bermoqda.

Hormuz bo‘g‘ozi atrofida keskin vaziyat davom etayotgan bir paytda AQSh dengiz floti Eron portlaridan chiqayotgan 23 ta savdo kemasini nazoratga olgani ma’lum qilindi. Bu haqda AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) bayonot berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu kemalar AQSh kuchlari tomonidan berilgan ogohlantirishlardan so‘ng yo‘nalishini o‘zgartirib, orqaga qaytishga majbur bo‘lgan.

Bayonotda ta’kidlanishicha, hozircha AQSh harbiylari ushbu kemalarga bevosita chiqmagan va ularni to‘liq nazorat ostiga olmagan.

Shu bilan birga, ayrim xalqaro OAVlar AQSh harbiy dengiz kuchlari Eron bilan bog‘liq neft tankerlariga chiqish va ularni ehtimoliy musodara qilish bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rayotganini xabar qilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar