O'zbekistonliklar ko'proq qaysi davlat shokoladlariga ishqiboz bo'lmoqda?

O'zbekistonga 2026-yilning dastlabki ikki oyida 34 ta davlatdan jami 6,6 ming tonna, qiymati 27,7 million dollarlik shokolad import qilingan. Bu o'tgan yilga nisbatan 1,1 ming tonnaga kamaygan. Rossiya 4 407 tonna bilan yetakchi bo'lib, undan keyin Ukraina, Turkmaniston, Qozog'iston va Turkiya keladi. Polsha ham yirik eksportchi sifatida qayd etilgan.
O‘zbekistonga 2026 yilning dastlabki ikki oyida shokolad importi hajmi sezilarli darajada qayd etildi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, yanvar–fevral oylarida 34 ta davlatdan jami taxminan 6,6 ming tonna shokolad mahsulotlari mamlakatga olib kirilgan. Importning umumiy qiymati esa 27,7 million AQSH dollarini tashkil etgan.
Ma’lumotlarda ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,1 ming tonnaga kamaygani ham qayd etilgan. Shokolad yetkazib berishda Rossiya yetakchi bo‘lib, ushbu mamlakatdan 4 407 tonna mahsulot import qilingan.
Shuningdek, Ukraina 607 tonna, Turkmaniston 209,1 tonna, Qozog‘iston 201,8 tonna va Turkiya 190,7 tonna shokolad yetkazib bergan. Polsha 124,4 tonna bilan yirik eksportchilardan biri sifatida qayd etilgan. Qolgan 825,9 tonna mahsulot esa boshqa davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.


























Izohlar 0
…