O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi davlatga borayotgani ma'lum bo'ldi

2026 yilning yanvar–mart oylarida 1,63 milliondan ortiq O‘zbekiston fuqarosi turizm maqsadida xorij davlatlariga safar qilgan. Milliy statistika qo‘mitasi bergan ma’lumotga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 111,6 ming nafarga oshgan.
Sayohatlarning asosiy qismi qo‘shni davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Eng ko‘p tashrif buyurilgan yo‘nalish Qirg‘iziston bo‘lib, bu mamlakatga 660 mingdan ortiq o‘zbekistonlik borgani qayd etilgan.
Keyingi o‘rinlarda Qozog‘iston va Tojikiston joy olgan. Shuningdek, Saudiya Arabistoni ham eng ommabop yo‘nalishlardan biri bo‘lgan. Rossiya, Turkiya, BAA, Xitoy, Tailand va Misr ham faol tanlangan davlatlar qatoriga kirgan.
Shu davr mobaynida O‘zbekiston ham xorijlik sayyohlarni qabul qilgan. 164 ta davlatdan jami 2,87 milliondan ortiq turist mamlakatga tashrif buyurgani ma’lum qilingan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!