AQSH bilan Eronning urushiga Netanyahu bosh aybdormi?

AQSh sobiq vitse-prezidenti Kamala Harris, Donald Trampning Eron bilan harbiy mojaroga kirib qolishida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni aybladi. Harrisning fikricha, Tramp Amerika jamoatchiligi istamagan urushga tortilgan va bu AQSh harbiylari uchun xavfli vaziyatlarni keltirib chiqargan. Tramp esa bu ayblovlarga to'g'ridan-to'g'ri javob bermay, ijtimoiy tarmoqlarda Isroilni "kuchli ittifoqchi" deb atadi. Uning ta'kidlashicha, Isroil og'ir vaziyatlarda AQShga sodiqligini isbotlagan va "g'alaba qozonishni biladigan" davlatdir.
AQSh sobiq vitse-prezidenti Kamala Xarris xayriya tadbiridagi chiqishida Donald Trampning Eron bilan bog‘liq harbiy jarayonlarga kirib qolganini Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu ta’siri bilan bog‘ladi.
Uning aytishicha, Tramp Amerika jamoatchiligi istamagan mojaroga tortilgan va bu holat AQSh harbiylari uchun xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirgan.
Xarrisning bayonoti Trampning tashqi siyosatdagi qarorlari yana muhokama markaziga chiqqanini ko‘rsatmoqda.
Donald Tramp esa bu ayblovlarga bevosita javob bermagan, biroq ijtimoiy tarmoqlarda Isroilni “kuchli ittifoqchi” sifatida tilga olgan.
Uning fikricha, Isroil og‘ir vaziyatlarda AQShga sodiqligini isbotlab kelgan va “g‘alaba qozonishni biladigan” davlat hisoblanadi.































Izohlar 0
…