Bavariya Flikni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi

Xans-Diter Flik hozirda “Barselona”ni Ispaniya La Ligasida “Vilyarreal”ga qarshi uy uchrashuviga tayyorlamoqda. Seshanba kuni nemis mutaxassisi 61 yoshga to‘ladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu munosabat bilan “Bavariya” klubining ijtimoiy tarmoqlarda tabrigi paydo bo‘ldi. “Tug‘ilgan kuning muborak, Xansi”, — deyiladi myunxenliklar xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Flik 2019–2021 yillarda “Bavariya” bosh murabbiyi bo‘lgan. Uning davrida klub ikki marta Bundesliga chempionligini, Chempionlar ligasi, Germaniya kubogi, Germaniya superkubogi, UYEFA superkubogi hamda klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati trofeylarini qo‘lga kiritgan.
“Barselona” — “Vilyarreal” uchrashuvi fevral oyining so‘nggi kuni bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing