Marselo Galyardo River Pleyt bosh murabbiyligidan ketadi

Argentinaning “River Pleyt” klubi bosh murabbiyi Marselo Galyardo jamoani tark etish qarorini qabul qildi. Klub rasmiy sayti bu haqdagi bayonotni e’lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Galyardo chempionat doirasida “Banfild”ga qarshi 26-fevral kungi uchrashuvdan so‘ng lavozimini topshiradi. Manbalarga ko‘ra, iste’foga jamoaning so‘nggi natijalari sabab bo‘lgan: “River Pleyt” hozirda turnir jadvalida 10-o‘rinda bormoqda.
Galyardo murabbiylik faoliyati davomida “River Pleyt” bilan ikki bor ishlagan. 2014–2022 yillar oralig‘ida u jamoa bilan 14 ta sovrinni qo‘lga kiritgan, jumladan, mamlakat chempionligi hamda Libertadores kubogida ikki marta g‘alaba qozongan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing