Turkiyadagi o‘yinda futbolchi chayqani qutqarib qoldi

Turkiyada o‘tkazilgan «Mevlanakapi Guzelhishar» hamda «Istanbul Yurdum Spor» uchrashuvida g‘ayrioddiy voqea yuz berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan lavhada darvozabon to‘pni uzoqlashtirayotganda, maydon ustidan uchib o‘tayotgan chayqaga tegib ketgani aks etgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Qush yerga qulagach, ikkala jamoa futbolchilari darhol uning oldiga yugurib bordi. «Istanbul Yurdum Spor» sardori Gani Chatan tezda vaziyatni baholab, chayqaga bilvosita yurak massajini qila boshladi va keyin qushni maydon bo‘yidagi tibbiyot xodimlariga topshirdi.
Turkiyaning AA nashri xabariga ko‘ra, chayqa omon qolgan. Bir muddat ucha olmasligi mumkin, biroq veterinarlarga topshirilgach, sog‘lig‘i tiklanishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing