Bavariya Flikni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi

Xans-Diter Flik hozirda “Barselona”ni Ispaniya La Ligasi doirasida uy maydonida “Vilyarreal”ga qarshi o‘yin oldidan tayyorlamoqda. Seshanba kuni nemis mutaxassisi 61 yoshni qarshilaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu munosabat bilan “Bavariya” klubining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Flikka qisqa tabrik yo‘llandi: “Tug‘ilgan kuning muborak, Xansi”.
Eslatib o‘tamiz, Flik 2019–2021 yillarda myunxenliklar bosh murabbiyi bo‘lgan. Uning davrida “Bavariya” ikki marta Bundesliga chempionligini qo‘lga kiritdi, shuningdek Chempionlar ligasi, Germaniya kubogi, Germaniya Superkubogi, UEFA Superkubogi va Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati trofeylarini yutgan.
“Barselona” — “Vilyarreal” uchrashuvi fevral oyining so‘nggi kunida bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!