Lukas Paketa Vinisius atrofidagi mojaro haqida gapirdi

“Flamenqo”ning markaziy yarim himoyachisi Lukas Paketa Madridning “Real” klubi vingeri Vinisius Juniorni ochiqchasiga qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
So‘nggi kunlarda matbuotda braziliyalik futbolchi ishtirokidagi navbatdagi irqchilik mojarosi keng muhokama qilinmoqda: Chempionlar Ligasi doirasida “Benfika”ga qarshi o‘yinda Vinisius raqib tomondan haqorat bo‘lganini aytib, hakamga shikoyat qilgan.
Paketaning ta’kidlashicha, Vinisiusni yaqindan biladiganlar uning mehribon qalb egasi ekanini yaxshi tushunadi. “Odamlar uning zimmasiga u ko‘tarishi shart bo‘lmagan yukni qo‘ymoqda. U jabrlanuvchi. Bu holat haddidan oshib ketdi”, — deya Paketa so‘zlarini ESPN Brazil keltirdi.
Joriy mavsumda Vinisius barcha musobaqalarda 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol va 11 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!