date

Buffon Inter hujumchisi Espozito haqida yuqori baho berdi

Buffon Inter hujumchisi Espozito haqida yuqori baho berdi

Italiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Janluiji Buffon “Inter”ning yosh hujumchisi Franchesko Pio Espozito haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Buffonning ta’kidlashicha, Espozito muxlislar va mutaxassislar kutganidan ham ortiq natija ko‘rsatishi mumkin. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar o‘zi “Inter”da bo‘lganida, tavakkal qilib aynan shu futbolchiga ishonch bildirgan bo‘lardi: Espozito — o‘ziga xos, professionalligi va kamtarligi bilan ajralib turadigan yigit.

Espozito “Inter” akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanaladi. Joriy mavsumda 20 yoshli forvard barcha musobaqalar doirasida 35 o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Hujumchining “Inter” bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Buffon Inter hujumchisi Espozito haqida yuqori baho berdi