date

Bavariya Flikni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi

Bavariya Flikni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi

Xans-Diter Flik hozirda «Barselona»ni Ispaniya La Ligasi doirasida «Vilyarreal»ga qarshi uy uchrashuviga tayyorlamoqda. Seshanba kuni germaniyalik mutaxassis 61 yoshga to‘ladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu munosabat bilan Myunxenning «Bavariya» klubi ijtimoiy tarmoqlarda Flikni eslab o‘tdi. «Tug‘ilgan kuning bilan, Xansi», — deyiladi klub tabrigida.

Flik «Bavariya»ni 2019–2021 yillarda boshqargan. Uning davrida myunxenliklar Bundesliga chempionligini ikki marta qo‘lga kiritdi, shuningdek, Chempionlar ligasi, Germaniya kubogi, Germaniya superkubogi, UEFA superkubogi va Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati sovrinlarini yutdi.

Ma’lumot uchun, «Barselona» «Vilyarreal»ni fevral oyining so‘nggi kunida qabul qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bavariya Flikni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi