Argentina chempionati federatsiya mojarosi sabab tanaffus qiladi

Argentina chempionati bir haftalik tanaffus oladi: 9-tur uchrashuvlari keyinroq o‘tkaziladi. Bunga mahalliy futbol federatsiyasi atrofida yana bir bor ko‘tarilgan korrupsiya mojarosi sabab bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Qizig‘i shundaki, 7 va 8-tur bellashuvlari rejadagidek bo‘lib o‘tadi, pauza esa aynan 9-turga to‘g‘ri keladi. Taqvimga ko‘ra, 9-tur o‘yinlari 5–8 mart kunlari o‘tkazilishi kerak edi, biroq 5 mart kuni AFA prezidenti Klaudio Tapia tribunaldan o‘tishi kutilmoqda.
derbyderbyderby.it xabariga ko‘ra, sobiq futbolchilar va xodimlarga pensiya to‘lovlari bilan bog‘liq sxema orqali 19 milliard miqdoridagi soliqdan qochilgan bo‘lishi mumkin. Yevro hisobida ham raqam katta — qariyb 12 million. Shuningdek, tashkilot pul yuvish jarayonlarida ishtirok etgan bo‘lishi ehtimoli ham tilga olinmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!