Marselo Galyardo River Pleytni tark etish qarorini qabul qildi

Argentina klubi «River Pleyt» bosh murabbiyi Marselo Galyardo jamoani tark etishga qaror qildi. Klub bu haqda rasmiy bayonotni o‘z saytida e’lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassis mamlakat chempionati doirasida «Banfil'd»ga qarshi 26 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvdan keyin lavozimini topshiradi. Galyardoning ixtiyoriy iste’fosi jamoaning so‘nggi natijalari qoniqarsiz ekani bilan izohlanmoqda: hozir «River Pleyt» turnir jadvalida 10-o‘rinda bormoqda.
Galyardo «River Pleyt» bilan murabbiy sifatida ikki bor ishlagan. 2014—2022 yillar oralig‘ida u klub bilan 14 ta sovrinni qo‘lga kiritdi, jumladan mamlakat chempionligi va Libertadores kubogida ikki marta g‘alaba qozondi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing