Bavariya Flikni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi

Hans-Diter Flik ayni paytda «Barselona»ni Ispaniya La Ligasi doirasida «Vilyarreal»ga qarshi uy uchrashuviga tayyorlamoqda. Seshanba kuni germaniyalik mutaxassis 61 yoshga to‘ladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu munosabat bilan Flikning sobiq jamoasi «Bavariya» ijtimoiy tarmoqlarda tabrik yo‘lladi. «Tug‘ilgan kuning bilan, Xansi», — deyiladi myunxenliklar xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Flik 2019–2021 yillarda «Bavariya» bosh murabbiyi bo‘lgan. Uning davrida klub ikki marta Bundesligani yutdi, shuningdek Chempionlar ligasi, Germaniya kubogi, Germaniya superkubogi, UEFA superkubogi va Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati trofeylarini qo‘lga kiritdi.
«Barselona» — «Vilyarreal» bahsi fevral oyining so‘nggi kunida bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing