Gonudras Rossiya bilan o'rtoqlik o'yinidan bosh tortdi

Rossiya terma jamoasining bahorgi yig'iniga oz vaqt qoldi, biroq Rossiya futbol ittifoqi hanuz o'rtoqlik uchrashuvlari uchun raqiblar ro'yxatini rasman e'lon qilgani yo'q. Shunga qaramay, ilk sparring hamkor Mali bo'lishi deyarli aniq — tomonlar kelishuv borligini avvalroq tasdiqlagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Sport24 xabariga ko'ra, RFU Gonduras terma jamoasiga ham taklif bilan chiqqan. Ammo gondurasliklar mart oyining so'nggi kunida Sankt-Peterburgda o'yin o'tkazish g'oyasini rad etgan.
Manbaga ko'ra, rad javobi sababi oddiy: Gonduras terma jamoasi martdagi xalqaro tanaffus uchun allaqachon boshqa rejalarga ega.
Ayni paytda Gonduras FIFA reytingida 65-o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing