Real Madrid Arda Gyulerni tavalludi bilan qutladi

Madridning «Real» klubi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida bayramona post bilan chiqdi. Chorshanba kuni hujumkor yarim himoyachi Arda Gyuler 21 yoshga to‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub matbuot xizmati tabrigida: «Tug‘ilgan kuningiz bilan, Arda Gyuler!» — degan so‘zlar keltirildi.
Gyuler «Real» safiga 2023 yil yozida qo‘shilgan. Shundan beri u 99 uchrashuvda maydonga tushib, 15 gol va 23 assist bilan hisobiga samarali ko‘rsatkichlarni yozdirib qo‘ydi.
«Real» chorshanba oqshomida Yevropa Chempionlar ligasida «Benfika»ga qarshi uy uchrashuvini o‘tkazadi. O‘tgan haftadagi ilk bahsda madridliklar Lissabonda 1:0 hisobida zafar quchgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing