Gonduros Rossiyaga qarshi o'rtoqlik o'yinidan bosh tortdi

Rossiya terma jamoasining bahorgi yig'iniga bir oydan ham kam vaqt qoldi, biroq Rossiya futbol ittifoqi hozircha o'rtoqlik uchrashuvlari uchun raqiblar ro'yxatini rasman e'lon qilgani yo'q. Shunga qaramay, ilk raqib Mali bo'lishi aniq: afrikaliklar kelishuv borligini avvalroq tasdiqlagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Sport24 xabariga ko'ra, RFU Gonduros terma jamoasiga ham taklif bilan chiqqan. Ammo mahalliy federatsiya mart oyining so'nggi kunida Toshkent vaqti bilan Sankt-Peterburgda o'yin o'tkazish g'oyasini rad etgan.
Ta'kidlanishicha, Gondurosning bunday qarori jamoa mart oyidagi xalqaro tanaffus uchun allaqachon boshqa rejalar tuzib qo'ygani bilan bog'liq.
Hozirda Gonduros terma jamoasi FIFA reytingida 65-o'rinda turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing